
Yangiliklar
⚽️🏆 “Rais kubogi – 2026” turnirida Navoiy aeroporti jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi
Nashr qilingan sana
Farg‘ona shahrida “Uzbekistan Airports” kompaniyasi hamda uning tarkibidagi korxonalar xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Rais kubogi – 2026” korporativ futbol turniri yakunlandi.
Mazkur turnir aeroport jamoalari o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi yirik sport an’analaridan biriga aylangan.
Musobaqa davomida Navoiy xalqaro aeroporti jamoasi yuqori mahorat, kuchli iroda va jamoaviy birdamlik namunasini ko‘rsatib, faxrli 🥉 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra:
🥇 Toshkent aeroporti
🥈 Qarshi aeroporti
🥉 Navoiy aeroporti
Jamoamizni ushbu natija bilan tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz! ✈️⚽️



