Navoi International Airport
Yangiliklar

Yoshlar tashabbusi — aviatsiya kelajagi sari muhim qadam

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

Termiz shahrida “Aeroport yoshlari — bir maqsad uchun birlashaylik” dasturi doirasida “Uzbekistan Airports” rahbariyatining yosh mutaxassislar bilan ochiq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda mamlakatning turli aeroportlaridan tashrif buyurgan yosh xodimlar o‘z tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari hamda aeroport faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan loyihalari bilan ishtirok etdi.

Navoiy xalqaro aeroporti vakillari ham ushbu platformada faol qatnashib, sohani rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuskorligi, kreativ fikrlashi va kasbiy salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bunday muloqotlar aviatsiya sohasida tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash hamda kelajak liderlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy xalqaro aeroporti yoshlarining faol ishtiroki va intilishlari kelgusidagi yirik loyihalar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.