Navoi International Airport

Alisher Ne'matullayevich Klichev

"Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ direktori

Tug‘ilgan sanasi: 1969-yil 31-avgust
Tug‘ilgan joyi: Buxoro shahri, Buxoro viloyati, O‘zbekiston Respublikasi

Ma’lumoti

1992-yilda Moskva aviatsiya institutini muhandis-elektromexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini davlat va jamiyat qurilishi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

1986–1992-yillar
Moskva aviatsiya instituti talabasi.

1999–2000-yillar
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi "O‘zaeronavigatsiya" markazi Aloqa va radiotexnika uskunalaridan foydalanish bazasi Toshkent mintaqaviy filiali aloqa bo‘g‘lamasi aloqa muhandisi.

2000–2015-yillar
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi "O‘zaeronavigatsiya" markazi Aloqa va radiotexnika uskunalaridan foydalanish bazasi Toshkent mintaqaviy filiali aloqa bo‘g‘lamasi boshlig‘i.

2015–2016-yillar
"O‘zaeronavigatsiya" markazi Parvozlarni radiotexnik ta’minlash kompleksi boshlig‘i o‘rinbosari.

2017–2018-yillar
"Merkuriy Network" MChJ direktor o‘rinbosari.

2018–2019-yillar
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi "O‘zaeronavigatsiya" markazi davlat unitar korxonasi Parvozlarni radiotexnik ta’minlash aloqa bo‘g‘lamasi korporativ telefon aloqasini ta’mirlash guruhi yetakchi muhandisi.

2019–2020-yillar
"Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ direktor vazifasini bajaruvchi.

2021–2026-yillar
"O‘zaeronavigatsiya" markazi DUK Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i.

2026-yildan – hozirga qadar
"Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ direktori.
______________________________________________________________________________

Azizbek Alijanovich Nurmatov

"Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Tug‘ilgan sanasi: 1985-yil 1-yanvar
Tug‘ilgan joyi: Buxoro shahri, Buxoro viloyati, O‘zbekiston Respublikasi

Ma’lumoti

2006-yilda Toshkent davlat aviatsiya institutini aviatsiya va raketa-kosmik texnikasidan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

2002–2006-yillar
Toshkent davlat aviatsiya instituti talabasi.

2007–2008-yillar
"Buxoro" xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi Harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati o‘qchi-o‘t o‘chiruvchisi.

2008–2015-yillar
"Navoiy" xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi havo kemalariga tezkor texnik xizmat ko‘rsatish sexi uchish apparatlari va dvigatellari bo‘yicha 4-razryadli aviatexnigi.

2015–2017-yillar
"Navoiy" xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi perron texnikasi brigadasi 4-razryad, 1-toifali aviatsiya mexanigi.

2017–2018-yillar
"Navoiy" xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi.

2018–2019-yillar
"Navoiy" xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi bosh muhandisi vazifasini bajaruvchi.

2019–2021-yillar
"Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ bosh muhandisi vazifasini bajaruvchi.

2021–2022-yillar
"Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ bosh mexanika xizmati boshlig‘i.

2022-yildan – hozirga qadar
"Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.

Rasm mavjud emas
Rahbariyat

"Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ direktorining rejim va aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari

Rahbariyat

“Навоий халқаро аэропорти” масулияти чекланган жамияти директорининг ер усти хизмат кўрсатиш бўйича ўринбосари

Rahbariyat

“Навоий халқаро аэропорти” масъулияти чекланган жамияти директорининг ишлаб чиқариш бўйича Биринчи ўринбосари