Navoi International Airport
Yangiliklar

Xitoy kompaniyasi delegatsiyasi Navoiy xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportida aeroport direktori Alisher Klichev Xitoyning Wanjun International Supply Chain (Qingdao) Co., Ltd. kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi Sun Wenzheng boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Navoiy xalqaro aeroportining logistika va yuk tashish salohiyati, multimodal transport infratuzilmasining imkoniyatlari, xalqaro tranzit yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari hamda investitsiyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Xitoy kompaniyasi Navoiy xalqaro aeroporti hududida transchegaraviy Supply Chain sanoat parkini tashkil etish bo‘yicha investitsiya taklifini taqdim etdi. Taklifga ko‘ra, loyiha 20 gektar maydonda 20 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiyani o‘z ichiga oladi.

Mazkur tashabbus eksport-import operatsiyalarini rivojlantirish, zamonaviy logistika va ombor infratuzilmasini barpo etish, ko‘rgazma-savdo maydonlarini tashkil etish hamda yengil sanoat korxonalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Loyiha amalga oshirilgan taqdirda 400–600 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, tashqi savdo hajmi oshishi va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, logistika imkoniyatlarini kengaytirish hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.