Navoi International Airport
Yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTIDA XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTIDA XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA

Navoiy xalqaro aeroportida yana bir muhim voqea kuzatildi. Jet Mate Aviation kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan kelishuv doirasida, Kaya Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-500 rusumli havo kemasi Varna (Bolgariya) – Navoiy – Najaf yo‘nalishi bo‘yicha Navoiy xalqaro aeroportida texnik qo‘nishni amalga oshirdi.


Havo kemasi aeroportning yong‘in-qutqaruv maxsus texnikalari tomonidan suv purkagichlari yordamida hosil qilingan ramziy “suv arkasi” bilan kutib olindi. Shu qatorda "Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ direktori Alisher Klichev boshchiligidagi vakillar xalqimizga xos mehmondo‘stlik bilan ularga hurmat ko`rsatishdi.


Samolyot komandiri Carlos Delp aeroport infratuzilmasi, maxsus texnikalar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan tanishib, ularni ijobiy baholadi. Ekipaj vakillarining ta’kidlashicha, bunday kutib olish ular uchun kutilmagan yoqimli taassurot bo‘lgan. Ular kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.


Eng muhimi, bu hamkorlik doirasidagi parvozlar shu bilan cheklanmaydi. Kelgusi haftalarda ham ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.


Navoiy xalqaro aeroporti uchun yana bir jihati bilan ahamiyatli bo‘lgan ushbu kunda - bir vaqtning o‘zida 3ta xalqaro reysning havo kemalariga xizmat ko‘rsatildi. Aeroport xodimlari, maxsus texnikalar va xizmat ko‘rsatish tizimi uchta xalqaro reysga bir paytda xizmat ko‘rsatish orqali o‘z imkoniyatlarini yana bir bor namoyon etdi.


🛫Navoiy xalqaro aeroporti

Axborot xizmati