Navoi International Airport
Yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportida kiberxavfsizlik bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

Navoiy viloyati IIB Kiber jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari, kapitan Xazratqulov Shokir Shavkatjonovich hamda kapitan Usmonov Jasur Izzatullayevich tomonidan Navoiy xalqaro aeroporti rahbariyati va xodimlari ishtirokida kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida kiberjinoyatlarning bugungi kunda uchrayotgan yangi turlari va shakllari, ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanishda amal qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga internet tarmog‘ida shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini himoya qilish, fishing va ijtimoiy muhandislik usullariga aldanmaslik, shubhali havolalar hamda noma’lum ilovalarni ochmaslik, kuchli parollardan foydalanish va ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi aeroport xodimlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda kiberjinoyatlarning oldini olishdan iborat bo‘ldi.


Navoi Xalqaro Aeroporti