Navoi International Airport
Yangiliklar

HUQUQIY - MA'RIFIY TADBIR!

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

HUQUQIY - MA'RIFIY TADBIR!


➡️"Navoiy xalqaro aeroporti" MChJda xodimlarning huquqiy bilim va huquqiy madaniyatini oshirish, sog‘lom psixologik muhitni mustahkamlash maqsadida huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Tadbirda Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari Sohiba Arziqulova hamda viloyat Adliya boshqarmasi xodimi Sardor Husanov ishtirok etdi.


Dastlab Adliya boshqarmasi vakili tomonidan korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va qonunchilik talablariga rioya etish masalalarida tushuntirishlar berildi. Xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik asosida zarur tavsiya va ko‘rsatmalar yetkazildi.


Shundan so‘ng, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Tadbir davomida xodimlar uchun psixologik trening ham tashkil etilib, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va muomala madaniyati, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda bunday holatlarga duch kelganda to‘g‘ri yo‘l tutish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.


Bunday tadbirlar jamoada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.


🛫Navoiy xalqaro aeroporti

Axborot xizmati