
“Bolalarga bering dunyoni” — Aeroportda quvonch va baxt ulashgan bayram! 🎈🎉
Nashr qilingan sana

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Navoiy xalqaro aeroportida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida bayram tadbiri hamda “Ochiq eshiklar kuni” yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.
Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli va unutilmas dasturlar tashkil etildi. O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi, ertak qahramonlarining chiqishlari, turli o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlar bolajonlarga quvonch ulashdi. Bayramning eng yorqin lahzalari bolalarning samimiy kulgisi, quvonchli nigohlari va unutilmas taassurotlari bilan bezandi. Shuningdek, aeroport xodimlarining 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farzandlarimizning baxtli bolaligi, yorqin kelajagi va beg‘ubor kulgisi — barchamiz uchun eng katta boylikdir. Ushbu bayramda ishtirok etgan barcha bolajonlarni yana bir bor muborakbod etamiz va ularga sog‘lik, baxt hamda ulkan orzularining ro‘yobini tilaymiz!
Bolalar kulgisi yangragan maskanda mehr, quvonch va kelajakka ishonch hamisha bardavom bo‘lsin! 💙✈️
